Huawei 1
Toshkentda Kanada davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.M. fuqaro D.Q.ni tanishlari yordamida 15 000 AQSH dollari evaziga Kanada davlatiga ishga yuborishi va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 7 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Samarqandda er-xotinni 40 ming dollar evaziga Meksika orqali AQSHga yubormoqchi bo‘lgan firibgar ushlangani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61300 | Инструменты