Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanidagi koʻp qavatli uy ichidan darz ketgani aks etgan videolar tarqaldi.
Videodagi fuqaro bino 2017-yilda qurilgan qurilgan yangi "novastroyka" ekanligini aytgan.
"Novastroyka" deb bizga aldov yo'li bilan shu uyni sotishdi. Qurilganiga hich qancha bo'lmagan bo'lsa-da uyning devorlari yorilgan. Bu yoriqlardan bemalol ko'cha ko'rinadi. Oynalari va eshigi ham yopilmaydi", - deydi fuqaro.
Mazkur holat yuzasidan Qurilish vazirligi masʼullar tomonidan oʻrganish ishlari boshlanganini maʼlum qildi.
"Tez orada vazirlikning rasmiy munosabatini taqdim etishimizni ma'lum qilamiz", deyilgan vazirlik xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111422 | Инструменты