Joriy yilning 4-may kuni soat 20:30 larda Mirobod tumani Eski Sarikul ko’chasi 94-uy qarshisida haydovchi 2003-yilda tug’ilgan M.A. boshqaruvidagi Malibu-2 rusumli transport vositasi va 1978-yilda tug’ilgan D.M. boshqaruvidagi Skuter mototransport vositasi o’zaro to’qnashishi oqibatida yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan.
YTH natijasida Skuter mototransport vositasining haydovchisi va yo’lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko’rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50516 | Инструменты