Isroilda joylashgan Patriot uzoq masofali zenit-raketa majmuasi Ukrainaga yuboriladi. Bu haqda 4 may, yakshanba kuni The New York Times (NYT) o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. AQSh Mudofaa vazirligi «Ukrainaga avval ruxsat berilgan paketlardagi uskunalarni yetkazib berishda davom etishini» ma’lum qildi.
NYT ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari hozirda o‘z arsenalida sakkizta tizimga ega, ammo ulardan faqat oltitasi ish holatida. Ikkitasi ta’mirlanmoqda. Agar Isroil bir tizimni Kiyevga, Germaniya yoki Gretsiya esa boshqasini o‘tkazsa, ularning soni o‘ntaga yetishi mumkin, dedi amerikalik rasmiylardan biri.
3 may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda jurnalistlar bilan suhbatda Vashington bilan mineral qazib olish bo‘yicha kelishuv Qo‘shma Shtatlar Ukraina qurolli kuchlariga havo hujumidan mudofaa tizimlarini ko‘proq yuborishini anglatishi mumkinligini aytdi.
AQShning muhim mudofaa uskunalarini eksport qilish qoidalariga ko‘ra, AQSh Ukrainaga Amerika Patriot raketa tizimlarini, hatto ular uchinchi davlatlar orqali amalga oshirilgan bo‘lsa ham, yetkazishga ruxsat berishi kerak. Hozir Ukraina uchun ta’mirlanayotgan Isroil Patriot'i eski model, dedi ikki AQSh rasmiysi. U yozgacha Ukrainaga yetib kelishi kutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70323 | Инструменты