Huawei 2
Toshkentda Mercedes-Benz avtomobili yonib ketdi

Bugun, 15-iyun kuni soat 11:30 larda Uchtepa tumani TXAY ko'chasi 18-avtobuslar saroyi qarshisida, Mercedes-Benz rusumli transport vositasining salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv bo’lganligi sababli, yong'in kelib chiqqan.

Yong'in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yongʼin natijasida tan jarohati olganlar yo'q.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʼin yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga