Joriy yilning 17 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida huquqbuzar I.I.ga oid maʼmuriy ish ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, 2024 yil 13 dekabr kuni fuqaro B.R ertalab 08:10da dugonasi E.F. bilan Chilonzor metro bekatida elektropoyezd kutayotgan vaqtida va elektropoyezd vagonida I.I. uni tanasining belidan pastki qismiga teginib shilqimlik qilganligini maʼlum qilib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Sud majlisida so‘ralgan huquqbuzar I.I. yuqorida ko‘rsatilgan holat bo‘yicha aybiga iqror emasligini, o‘sha kuni metropolitenda odam ko‘p bo‘lganligi sababli B.R.ga tegib ketgan bo‘lishi mumkinligini, ammo unga ataylab teginmaganini, uni tanimasligini maʼlum qilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi I.I. MJtKning 41-1-moddasining 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121817 | Инструменты