Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanida 2 nafar shaxs boshqa bir fuqaroning uyi oldidagi daraxtni yashirin ravishda kesib ketishganligini aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 14-iyul kuni taxminan soat 00:55 atrofida Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi ko‘chalarning birida, 1950-yilda tug‘ilgan fuqaro M.Z.ning yashash xonadoni oldiga 2 nafar yuzlariga niqob taqqan nomaʼlum shaxslar Lacetti avtomashinasida kelib, uyini oldidagi daraxtni kesib ketishgan. Ko‘rilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu huquqbuzarlikni 1989-yilda tug‘ilgan O.U. va 1990-yilda tug‘ilgan N.G‘. sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110715 | Инструменты