Huawei 1
Toshkentda noqonuniy qurilmalarni buzish ishlari olib borildi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida noqonuniy qurilma va inshootlarni demontaj qilish ishlari olib borildi. Bu haqda tuman matbuot xizmati xabar berdi.

15-aprel kuni Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori v.b. Umid Abdullayev, tuman IIOFMB boshlig‘i Otabek Xadjayev, tuman hokimining o‘rinbosari Farhod Najmiddinov, tuman MIB, kadastr agentligi va boshqa tashkilotlar tomonidan “Abdulla Avloniy” mahallasining Mirobod ko‘chasidagi noqonuniy qurilmalar o‘rganildi.

Natijada, ko‘p qavatli uylarning birinchi qavati, ko‘cha yuzidagi ovqatlanish hamda savdo shoxobchalarida noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish hamda buzilgan joylarni tartibga keltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga