Huawei 1
Toshkentda Notcoin sotgan 21 yoshli yigit qamaldi

2024-yil iyul oyining 23-kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi kripto-aktivlarni noqonuniy sotgan yigitga jazo tayinlandi. Bu haqda Oliy sud portalida maʼlumot keltirilgan.

Ish hujjatiga ko‘ra, 2024-yil 28-iyun kuni Toshkent shahar IIBB Kotibiyati tomonidan ro‘yxatga olingan fuqaroning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda 21 yoshli G‘.Yo.ga tegishli telefon va plastik kartadan kripto-aktivlarning noqonuniy faoliyati bilan shug‘ullanganligi aniqlangan.

Sud majlisida so‘ralgan G‘.Yo. yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holat bo‘yicha aybini tan olib, kripto-aktivni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida yig‘ganligini, 20 000 dona Notcoin kripto-aktivini 150 AQSH dollari evaziga sotganligini, buning noqonuniy ekanligini bilmaganligini, boshqa bunday holat takrorlanmasligini maʼlum qilib, yengillik berishni so‘ragan.

Sud qarori bilan yigit MJtK 155-4-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib va unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. Ashyoviy dalil sifatida olingan bir dona “Redmi Note 9” nomli telefon apparati tegishli tartibda yo‘q qilinishi belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110712 | Инструменты