2024-yil 4-5-mart kunlari ikkinchi O‘zbekiston-Buyuk Britaniya ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti hamda Londondagi Vestminster universiteti qo‘shma tashabbusi bo‘lib, unda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya oliy ta’lim tizimi uchun ustuvor yo‘nalishlar, ushbu yo‘nalishlardagi vazifalarga samarali erishish yo‘llari, xususan transmilliy ta’lim orqali erishishi ko‘zda tutilgan masalalari muhokama qilinadi.
Tadbir davomida oliy ta’lim strategiyasi, ilg‘or amaliyotlar va hamkorlik masalalari muhokama markazida bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90400 | Инструменты