Huawei 1
Toshkentda O‘zbekistondagi mehmondo‘stlik sohasida eng yirik ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

8–10-oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” pavilyonida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Turizm qo'mitasi ko‘magida O‘zbekiston mehmonxona xo‘jaligi uyushmasi tomonidan O‘zbekistondagi mehmondo‘stlik sohasidagi eng yirik “HoReCa Expo Uzbekistan 2024” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir turli sessiyalar, B2B va G2B uchrashuvlari, yangi mahsulot va xizmatlar taqdimotlarini o'z ichiga oladi.

"HoReCa Expo Uzbekistan 2024" ko‘rgazmasi tajriba almashish, foydali hamkorlik shartnomalarini tuzish, zamonaviy tendensiyalar va biznesni rivojlantirishni muhokama qilish uchun noyob platformadir. Ko‘rgazmaga Markaziy Osiyo, Yevropa va Osiyodan 50 dan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurishi kutilmoqda, ular mehmonxona, restoran va tegishli sohalardagi so‘nggi ishlanmalar va yutuqlarni taqdim etadilar.

Ko‘rgazma doirasida “Yashil texnologiyalar va investitsiyalar” va “Raqamli mehmondo‘stlikning kelajagi” mavzularida konferensiya bo‘lib o‘tadi, unda yashil texnologiyalar va raqamli mehmondo‘stlikning dolzarb mavzulari va tendensiyalari muhokama qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100723 | Инструменты