Huawei 1
Toshkentda OAV xodimlari MIBda kaltaklangani aytilmoqda

MIB Chilonzor tumani bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor S.Sh. dan undiruvchi D.N. foydasiga 1/2 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro ishi kelib tushgan. 

Ijro ishi yuzasidan aliment qarzdorligini undirish masalasida davlat ijrochisi tomonidan qarzdor S.Sh. bir necha bor ogohlantirilib, huquq va majburiyatlari tushuntirilganda, qarzdor undiruvchi bilan aliment masalasida kelishib olganini, qolaversa OAV vakili ekanini aytib, masalani o‘zi hal etishini bildirgan. 

Biroq undiruvchiga qarzdor umuman aliment to‘lamayotgani maʼlum bo‘lgach, davlat ijrochisi aliment majburiyati to‘lanmagan taqdirda, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini bildirgan. 

Shundan so‘ng, 8 oktyabr kuni S.Sh va OAV vakillari Byuroning Chilonzor bo‘limiga kelishgan va davlat ijrochisi bilan qo‘pol muomalada bo‘lgan va davlat ijrochilari ularga nisbatan kuch ishlatgani haqida video xabarlarni yuborgan. 

Davlat ijrochilari ularga ijro harakatlariga qarshilik qilmaslikni va qarzdor S.Sh. ga nisbatan MJtKning 474-moddasi bilan to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudiga yuborilishini maʼlum qilgan. 

Byuroning Chilonzor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdorga nisbatan qo‘pol muomalada yoki boshqacha yo‘sindagi xatti-harakatlar bo‘lmagan. Qolaversa, byuroning Chilonzor tumani bo‘limiga chaqiruv bilan kelgan ichki ishlar hamda tez yordam xodimlari ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100823 | Инструменты