Huawei 1
Iflos havo Parkinson kasalligiga sababchi bo‘ladi

Havoning ifloslanishi Parkinson kasalligi yuzaga kelishi ehtimolini oshiradi, deyiladi JAMA Network Open jurnalida chiqqan maqolada.

Olimlar Parkinson xastaligidan aziyat chekayotgan 346 nafar bemorning ma’lumotlarini tahlil qilishdi.

Inson 2,5 mikron (PM2,5)dan kichik qattiq zarralar ta’siriga qancha ko‘p uchrasa, Parkinson kasaliga uchrash ehtimoli shuncha oshadi. 

Shuningdek, kasallikka havoning azot dioksidi bilan ifloslanishi ham sabab bo‘lishi, xastalikning og‘ir kechishi havoning buzilishi bilan bevosita bog‘liqligi ta’kidlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92220 | Инструменты