Huawei 1
Toshkentda “peshexod”dan o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bermagan avtobus haydovchisi ishdan bo‘shatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida avtobus haydovchisi avtobusni qo‘pol ravishda boshqarib, piyodalarga yo‘l bermagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshshahartransxizmat AJ matbuot xizmati izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, “2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 136-sonli avtobus haydovchisi A.N. Olmazor tumani Saqichmon ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda yo‘l harakati qoidalari talablarini qo‘pol ravishda buzgan. Haydovchi tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bermay, yo‘l qatnov qismining o‘ng tomonidan harakatlangan.

Hozirda haydovchi A.N. bilan “2-avtobus saroyi” filiali o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

“Shuningdek, barcha haydovchilar bilan yo‘lovchilarni xavfsiz tashish va ularni o‘z manzillariga sog‘-omon yetkazib qo‘yish eng oliy maqsadimiz ekanligi, yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lishlik, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirildi”, deyiladi xabarda.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102700 | Инструменты