O‘zbekiston Respublikasining Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev hamrohligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzolari Qohira universiteti prezidenti doktor Muhammad Sami Abdul-Sodiq bilan uchrashdi.
Muloqot davomida talabalar bilan ishlash, akademik va tadqiqot sohalarida hamkorlik o‘rnatish, professor-o‘qituvchilar, talabalar almashinuvi masalalari muhokama etildi.
O‘zbekiston va Misr o‘rtasida taʼlimning barcha bosqichlari bo‘yicha JADAL rivojlanib borayotgan sheriklik ko‘lamini yana-da kengaytirish, bu jarayonda sharqshunoslik, arxitektura yo‘nalishlariga alohida eʼtibor qaratish, Qohira universiteti fakultetlarining qator muhim mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura bo‘limida professor-o‘qituvchilar, talabalar uchun joy ajratishga kelishildi.
Muhammad Sami Abdul-Sodiq oliy o‘quv yurti tarixi, universitet huzuridagi institutlar, fakultetlar, ushbu taʼlim muassasasida o‘qiyotgan misrlik va chet ellik talabalar soni haqida batafsil maʼlumot berdi.
Darvoqe, Kohira universiteti “Times” nashri 2024 yil noyabrda eʼlon qilgan reytingda 92 mamlakat, xususan mintaqadagi 749 universitet orasida 39-o‘rinni egalladi.
O‘z navbatida, elchimiz O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari Misr bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112613 | Инструменты