Toshkentda qoidalarni qo'pol ravishda buzib, qarama-qarshi yo'nalishda harakatlangan "Lacetti" haydovchisiga chora ko'rildi

Ijtimoiy tarmoqda "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi qoidalarni qo'pol tarzda buzib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi va bu keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan YHXX rasmiy ma'lumot berdi.

Ma'lum bo'lishicha, haydovchi 01T770HB bo‘lgan davlat raqam belgisini o‘zboshimchalik bilan yechgan holda qarama-qarshi yo'nalishga chiqib  harakatlangan.

Holat Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilganda ushbu avtomobil haydovchisi, 2002-yilda tug‘ilgan A.O. ekanligi aniqlangan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 125-moddasi beshinchi qismi hamda 128⁵-moddasi ikkinchi qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102103 | Инструменты