Toshkentda suv taʼminotidagi avariya tufayli issiq suv bilan bogʻliq muammolar yuzaga keldi

Bugun, 3-iyul kuni Toshkent shahar Yunosobod tumanini suv bosdi. Toshkent shahar “Suv taʼminoti” axborot xizmati boshlig‘i holatga yaqin hududda joylashgan qozonxonada vaqtincha elektr taʼminoti uzilgani sabab bo‘lganini aytdi. Energetika vazirligi esa Toshkent shahar “Suv ta’minoti”ning mazkur bayonoti haqiqatga mos emasligini va 4-sonli qozonxonada 2—3-iyul kunlari elektr ta’minoti bilan bog‘liq hech qanday uzilish yuz bermaganini ma’lum qildi.

Veolia Energy Tashkent sovuq suv quvuridagi nosozlik tufayli 4-IM qozonxonasida bosim pasayib ketgani va belgilangan standartlarga muvofiq ishlay olmasligini bildirdi.

"Shu sababli bir qator hududlar aholisi issiq suv ta’minotida uzilishlarga duch keldi. Nosozlik “O‘zsuvta’minot” guruhi tomonidan to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng darhol issiq suv ta’minotini tiklash ishlarini boshlaymiz.

Veolia Energy Tashkent yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va “O‘zsuvta’minot” kompaniyasi mutaxassislari bilan birgalikda suv ta’minotini imkon qadar tezroq tiklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70604 | Инструменты