Yunusoboddagi texnogen toshqinga svet o‘chishi sabab bo‘lgani aytildi

Toshkent shahar Yunosobod tumanida suv o‘tkazgich tarmog‘i yorilishi oqibatida ko‘chalarni suv bosgani haqida xabar qilingan edi. Toshkent shahar “Suv taʼminoti” axborot xizmati boshlig‘i holat sababini ochiqladi

Unga ko‘ra, holatga yaqin hududda joylashgan qozonxonada vaqtincha elektr taʼminoti uzilgani sabab bo‘lgan. Hozirda qisqa vaqt ichida avariyani bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

“Yaqin hududda joylashgan qozonxonada vaqtincha elektr taʼminoti uzilgani sababli quvurlarda bosim ko‘tarilib ketgan va avariya holati yuzaga kelgan. Hozirda qisqa vaqt ichida avariyani bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Mutasaddi rahbarlardan tortib oddiy ishchilargacha barcha tik oyoqda. Vahimaga hojat yo‘q”, — Toshkent shahar “Suv taʼminoti” axborot xizmati boshlig‘i Ravshan Yoqubjonov.

Yunusobod tumani, Moyqo‘rg‘on ko‘chasi va Qoraqamish ko‘chalari kesishmasida d1200mm katta suv o‘tkazgich tarmoqda nosozlik vujudga keldi. Shu sababli, Tiklanish mahallasi 1, 2, 3, 4, 5, 6 tor ko‘chalari, G‘ishtqo‘rg‘on ko‘chalari, “Astrabod” mahallasi, Turkiston, “Sobirobod” mahallalarida, Zenit zavodi, Prokuratura akademiyasi, Pivo zavodida suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatildi.

Shu bilan birga, ushbu hududda joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda ham suv bo‘lmaydi. 

Suv quvuri yorilib toshgani natijasida avtotransport vositalarini harakati vaqtinchalik cheklanmoqda. Shu munosabat bilan, mazkur ko‘chalardan harakatlanuvchi 6, 24 va 142-sonli avtobus yo‘nalishlarining qatnov va oraliq interval vaqtlari reja asosida tashkil etilishida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70523 | Инструменты