Huawei 1
Toshkentda taksi haydovchisi mijozining nomiga 12 mln mikroqarz rasmiylashtirib oldi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda taksi haydovchisi mijozni narkotik modda qo‘shilgan suv bilan uyquga ketkazib, uning nomiga mikroqarz rasmiylashtirgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB o‘rganish ishlarini olib borib, rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, taksiga chiqqan fuqaro spirtli ichimlik isteʼmol qilgan bo‘lgan. Spirtli ichimlik taʼsirida bo‘lgan ayol haydovchiga telefonini manzil geolokatsiyasini ko‘rib turishi uchun o‘z ixtiyori bilan topshirgan va avtomobil salonida uxlab qolgan.

Aniqlanishicha, avtomobil haydovchisi va uning tanishi uxlab qolgan ayol telefonidan foydalangan. Ular internet havolasi orqali ayol nomiga onlayn banklardan biri orqali 12 mln so‘m mikroqarzni rasmiylashtirib olgan. So‘ngra, pullarni o‘zlarining plastik kartasiga o‘tkazib, pullarni bankomat orqali naqd qilib olgan.

Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, har ikki shaxs ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplab berilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12115 | Инструменты