Huawei 1
Toshkentda "Tez yordam"da ishlovchi feldsher ayol kaltaklandi. SSV uning ahvoli o'ta og'irligini aytmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan “Tez yordam” xodimlari kaltaklanganiga doir xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan tezkor o‘rganish ishlarini olib bordi.

Ma'lum bo'lishicha, kecha soat 16:27da Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biridan tez tibbiy yordam xizmatiga chaqiriq kelib tushgan. Shundan so‘ng shifokor va feldsherdan iborat “103” brigadasi chaqiriq manziliga yetib borib, bemorga tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Biroq, bemorning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lganligi sababli uni zudlik bilan shifoxonaga olib ketishga qaror qilingan. Bemorni transportirovka qilish chog‘ida uning o‘g‘li asosli sabab bo‘lmasa-da, tibbiy brigada xodimlari bilan tortishib, qo‘l ko‘tarish darajasigacha borgan.

Oqibatda feldsher ko‘krak qafasiga zarba olgan va ahvoli yomonlashgan. Shunga qaramay, tibbiy brigada bemorni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining qabul bo‘limiga olib borgan.

Shundan so‘ng “103” feldsheri mazkur shifoxonaning xirurgiya  bo‘limi shok zaliga “Ko‘krak qafasining yopiq jarohati” tashxisi bilan yotqizilgan.

"Hozir feldsher mazkur bo‘limning intensiv palatasida tegishli davo muolajalarini olmoqda. Ahvoli o‘rta og‘ir", deyiladi munosabatda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holatni o‘z nazoratiga olgan. Shuningdek, vaziyatga qonun doirasida huquqiy baho berilishi uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

Ayni paytda sodir etilgan holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovoldi surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100904 | Инструменты