Huawei 1
Toshkentda tilanchilik uchun 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak 10 sutkaga qamaldi

Toshkent shahar Sergeli tumanida tilanchilik uchun o‘zining 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak qamaldi.

IIBB xabariga ko‘ra, u o‘zining o‘n yoshli farzandini ko‘chaga tilanchilik uchun chiqarib, kuzatib turgan vaqtida xodimlar tomonidan ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan. 

Ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi tomonidan o‘n sutka ma’muriy qamoq jazosi, BHMning bir barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92815 | Инструменты