Huawei 1
Toshkentda tunda niqobli shaxslar raqamsiz ekskavatorda daraxtni ildizi bilan olib tashladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi maktab yonida 16-aprelga o‘tar kechasi bir guruh niqobli shaxslar tomonidan davlat raqami bo‘lmagan ekskavator yordamida daraxt kesayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Ekologiya vazirligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Mazkur holat tomonidan nazoratga olinib, ushbu manzilda o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.

O‘rganilayotgan ishlari davomida Yunusobod tumani “Mingchinor” MFY hududidagi 16-sonli aholi yashash xonadonlarining orqa qismida noma’lum fuqarolar tomonidan 1 tup safora daraxti davlat raqami bo‘lmagan ekskavator yordamida ildizi bilan olib tashlangan.

Tag qismi bilan olib tashlangan safora tegishli soha mutaxassislari hamda tuman ekologiya bo‘limi mas’ullari tomonidan agrotexnik qoidalar va metodlarga asoslangan holda ishlov berilib, biologik o‘g‘itlar bilan to‘yintirilgan tuproq qoplamasi yotqizilgan holda o‘z o‘rniga qayta ekildi.

Qo‘shimcha qilinishicha, huquqbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ta’sir choralarini qo‘llash borasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ishlar olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga