Huawei 1
Toshkentda uy-joy ijara narxlari oshdi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2024-yilning avgust oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari tahlil qilindi.

Joriy yilning avgust oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasining oshishi kuzatilib, bunga bir nechta omillar, jumladan, sentabr oyidan oliy ta'lim muassasalarida yangi o'quv yilining boshlanishi bo'yicha kutilmalar ta'sir ko'rsatdi. Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari iyul oyiga nisbatan o‘rtacha 1,9 foizga,  to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 0,3 foizga oshdi.

O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy ijarasiga talabning oshishi bo'yicha kutilmalar ushbu turdagi uylar ijara narxlariga ta'sir ko'rsatdi. 2024-yilning avgust oyida ijara narxlari iyul oyiga nisbatan o'rtacha ta'mirlangan 1 xonali uylar uchun 1,3 foizga, 2 xonali uylar uchun 2,1 foizga, 3 xonali uylar uchun 1,7 foizga, 4 xonali uylar uchun esa 2,5 foizga oshdi.

O'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - 285 AQSh dollari, 2 xonali – 348 AQSh dollari, 3 xonali – 387 AQSh dollari, 4 xonali - 460 AQSh dollari), Olmazor (1 xonali – 301 AQSh dollari, 2 xonali – 359 AQSh dollari, 3 xonali – 414 AQSh dollari, 4 xonali – 471 AQSh dollari) tumanlarida taklif etilgan bo'lsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 350 AQSh dollari, 2 xonali – 445 AQSh dollari, 3 xonali – 550 AQSh dollari, 4 xonali – 736 AQSh dollari) va Yakkasaroy (1 xonali – 349 AQSh dollari, 2 xonali – 455 AQSh dollari, 3 xonali – 585 AQSh dollari, 4 xonali – 603 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.

To’liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. 2024-yilning avgust oyida to‘liq ta’mirlangan 3 xonali va 4 xonali uy-joylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlari iyul oyiga nisbatan pasaygan bo‘lsa, 1 xonali va 2 xonali  uy-joylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida o'sish kuzatildi. Mazkur davrda 3 xonali uy-joylar ijarasi 0,4 foizga, 4 xonali uy-joylar ijarasi 2,0 foizga arzonlashgan bo'lsa-da, 2 xonali uy-joylar ijarasi o'rtacha 0,1 foizga, 1 xonali uy-joylar ijarasi 3,4 foizga qimmatlashdi.

To'liq ta'mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 335 AQSh dollari, 2 xonali – 416 AQSh dollari, 3 xonali – 501 AQSh dollari, 4 xonali – 634 AQSh dollari) va Uchtepa (1 xonali – 377 AQSh dollari, 2 xonali – 437 AQSh dollari, 3 xonali – 563 AQSh dollari, 4 xonali – 669 AQSh dollari) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali – 456 AQSh dollari, 2 xonali – 688 AQSh dollari, 3 xonali – 1006 AQSh dollari, 4 xonali – 1274 AQSh dollari) va Shayxontohur (1 xonali – 421 AQSh dollari, 2 xonali – 715 AQSh dollari, 3 xonali – 1014 AQSh dollari, 4 xonali – 1279 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91712 | Инструменты