Ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan 1 kilogramm 233 gramm “gashish” o‘rtacha hisobda 8 600 ta isteʼmol dozasiga teng. Hozirda mazkur holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda
Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari vakillari bilan hamkorlikda poytaxtimizda navbatdagi tezkor-qidiruv tadbirini o‘tkazdi.
Tadbir davomida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining yashirin oldi-sotdisi fosh etildi.
Tezkor kuzatuvda bo‘lgan shaxs uchta o‘ramga joylangan, umumiy og‘irligi 1 kilogramm 233 grammni tashkil etuvchi “gashish” giyohvandlik vositasini sotishga kelishgan. U xaridordan kelishilgan pulning bir qismini qabul qilib, evaziga giyohvandlik vositasini berayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, mazkur shaxs muqaddam ham giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan. Biroq u o‘z qilmishidan tegishli xulosa chiqarmasdan, yana shunday jinoyatga qo‘l urgan.
Ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan 1 kilogramm 233 gramm “gashish” o‘rtacha hisobda 8 600 ta isteʼmol dozasiga teng. Hozirda mazkur holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101816 | Инструменты