Suhbatda AQSH Davlat kotibining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi, C5+1 uchrashuvi va G20 sammiti kun tartibi yuzasidan fikr almashildi
Prezident Administratsiyasi rahbari maslahatchisi Komil Allamjonov 16-oktabr kuni AQSH prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha katta direktori Maykl Jerimayya bilan uchrashdi.
«Qator muhim tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni muhokama qildik. Xususan, AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning Oʻzbekistonga kutilayotgan tashrifi, Samarqanddagi C5+1 uchrashuvi hamda Mayamida boʻlib oʻtadigan G20 sammiti kun tartibi yuzasidan fikr almashdik», deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101719 | Инструменты