Ijtimoiy tarmoqlarda piyodalar yo‘lakchasida rasmga tushayotgan bir guruh talabalarning aks etgan videosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat poytaxtning Yunusobod tumanida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari ishtirokida sodir bo‘lgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzgan ushbu talabalarga nisbatan MJtKning 138-moddasiga binoan, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60714 | Инструменты