Huawei 1
Toshkentda yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib yurgan erkak ushlandi

Toshkentda erkak kishi yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib olgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan IIV matbuot xizmati rahbari Shoxrux G‘iyosov maʼlumot berdi.

Aniqlanishicha, 23-iyul kuni Toshkent shahar Bektemir tumani IIO FMB JTSB PPX safdor xodimi A.To‘ychiyev xizmat yo‘nalishda Qo‘yliq dehqon bozori yerosti yo‘lida shubha uyg‘otgan yuzini berkitgan ayol kishini to‘xtatib, shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida tekshirganida 1981-yilda tug‘ilgan Farg‘ona viloyatida yashovchi erkak jinsiga mansub M.U. ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Hozirda ushbu shaxsning bunday harakatlarini asl sababi o‘rganilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110715 | Инструменты