Toshkentdagi 110-sonli avtobus yo‘nalish harakati qisqartirilmoqda

2023-yil 1-iyun kunidan boshlab 110-sonli “TTZ ASHB - Food City savdo majmuasi” avtobus yo‘nalishi harakati “Politologiya instituti bekati - Food City savdo majmuasi” oralig'ida bog‘lovchi avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ta'kidlanishicha, yo'nalish “Politologiya instituti bekati - Food City savdo majmuasi”oralig'ida 10 ta jadval asosida 12-13 daqiqalik  oraliq interval bilan harakatlanadi.Mazkur yo‘nalish harakati qisqartirilishi Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi muntazam avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich o’tkazish maqsadida amalga oshirildi.

Ma'lumot uchun, yo‘nalishdan foydalanadigan yo‘lovchilar uchun Politoligiya instituti bekatidan TTZ ASHBga 14-sonli magistral avtobus yo‘nalishi orqali yetib olish imkoniyati mavjud.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61305 | Инструменты