Respublikadagi mavjud maktablar kutubxonalarida jami 15,3 mln nusxa adabiyotlar fondi mavjud bo‘lib, shundan 7,7 mln nusxasi lotin alifbosidagi adabiyotlar hisoblanadi. 1,6 mln nusxa (10,3%) rus, 23 ming nusxa tojik, 92 ming nusxa qozoq, 3,5 ming nusxa qirg‘iz, 609 nusxa turkman tillaridagi badiiy adabiyotlar mavjud.
Maktab kutubxonalaridagi doimiy kitobxon o‘quvchilar soni 3,1 mln nafardan iborat. O‘quvchilarni internet tarmog‘i orqali kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida www.kitob.uz sayti tashkil etilgan. Ushbu portalga badiiy adabiyotlarning 5 mingdan ziyod elektron shakllari joylashtirilgan. Hozirda saytdan bir kunda o‘rtacha 11-12 ming nafar o‘quvchi-yoshlar foydalanishmoqda.
Shuningdek, bolalar kutubxonalari va maktab kutubxonalari uchun xorijiy davlatlar kutubxonalariga sayohatlar uyushtirish imkoniyatini beruvchi virtual maydonlar tashkil etildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi 41 ta hamda Shayxontohur tumanidagi 36 ta maktabda raqamli kutubxona loyihasi to‘liq joriy etildi va ishga tushirildi.
Mazkur maktablarda hozirgi kunda raqamli kutubxona platformasiga kiritilgan o‘quvchilar soni 40 689 nafarni tashkil etadi. Tizimga yuklangan kitoblarning umumiy soni 95 686 tadan iborat bo‘lib, undan foydalanib kelayotgan faol kitobxonlarning umumiy soni ayni vaqtda 2 300 nafardan ortiqni tashkil etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51915 | Инструменты