Toshkentdagi bozorlar haftada bir marta dezinfeksiya uchun yopiladi
Pandemiya sharoitida aholi va hududlar xavfsizligini ta'minlash, profilaktik tadbirlar o'z vaqtida hamda talab darajasida bajarilishiga erishish maqsadida har haftada bir marotaba bozorlar yopilib, ularda dezinfeksiya tadbirlari o'tkaziladi. Ushbu tartib O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko'ra tashkil qilindi.
Quyida bozorlarning yopilish jadvali bilan tanishishingiz mumkin.
- “Aviasozlar dehqon bozori” AJ
- “Yangiobod ixtisoslashgan bozori” MCHJ
- “Chilonzor dehqon bozori” MCHJ
- “Eski-Juva dehqon bozori” AJ
- “Yunusobod dehqon bozori” AJ
- “Bek To'pi savdo kompleksi” MCHJ
- “Parkent universal savdo kompleksi” AJ
- “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ
- “Chor-Su buyum savdo kompleksi ” AJ
- “Iste'molda bo'lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” MCHJ
- “Mirobod dehqon bozori” AJ
- “Qo'ylik dehqon bozori” AJ
- “Sirg'ali dehqon bozori” AJ
- “Farhod dehqon bori” AJ
- “Askiya dehqon bozori” AJ
- “Qora-Qamish dehqon bozori” MCHJ
- “Navro'z dehqon bozori” AJ
- “O'rikzor savdo kompleksi” MCHJ
- “Oloy dehqon bozori”
-“Toshkent qishloq xo'jalik mahsulotlari ulgurji bozori” AJ soat 12.00dan 20.00gacha
Alpha version: 0.9.1.19 build 60715 | Инструменты