Huawei 1
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 1 oyga vaqtincha yopiladi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "O‘zbekiston ovozi" ko‘chasi 7/24 ko‘chaga aylanmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Taʼkidlanishicha, ko‘chaning infratuzilmasi o‘zgarib, aholiga, yo‘lovchilarga va albatta shaharsozlik normalariga to‘la mos tushadigan maskanga aylanadi. 

Shu munosabat bilan joriy yilning 27 mart kuni soat 7:00dan boshlab, 30 aprelga  qadar "O‘zbekiston ovozi" ko‘chasining  Shastri ko‘chasi bilan kesishmasidan,  "O‘zbekiston ovozi" ko‘chasining Yaxyo G‘ulomov ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha avtoulovlar harakati uchun yopiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32920 | Инструменты