Huawei 1
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi

Nigeriyalik 18 yoshli Etsenumhe Ahmad karton va yog‘ochdan Lamborghini Egoista’ning to‘liq nusxasini yasab, ijtimoiy tarmoqlarda shuhrat qozondi. Ish uchun ikki yil ketgan, ammo natija kutilganidan ham a’lo bo‘ldi — uning qo‘lbola superkari nafaqat chinakam Lamborghini’ga o‘xshaydi, balki o‘rnatilgan dvigatel tufayli soatiga 40 kilometr tezlikda harakatlana oladi.

Ahmadning kartondan yasalgan Lamborghini’da ko‘cha aylangani aks etgan video internetda millionlab ko‘rildi. Sharhlovchilar ustaning ijodkorligidan hayratda qoldi: ba’zilari buni “daholik” deb atashsa, boshqalari hazillashib, endi u mashinani avtoyuvish shoxobchasida yuvishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Ahmad tabiatan bunday narsalarni yaratish qobiliyatiga ega ekanini va hech qanday maxsus ta’lim olmaganini aytdi. U o‘z loyihalari uchun qayta ishlangan materiallardan foydalanib, chiqindilarni foydali tuzilmalarga aylantiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40104 | Инструменты