Huawei 1
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 2 oyga vaqtincha yopiladi

Maʼlum bo‘lishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi 7/24 ko‘chaga aylanib, ko‘chaning infratuzilmasi o‘zgarib, aholiga, yo‘lovchilarga va albatta shaharsozlik normalariga to‘la mos tushadigan maskanga aylanmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu munosabat bilan bugun, 18-oktyabr kuni soat 14:00dan boshlab, 20 dekabr sanasiga qadar, “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan, “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha avtoulovlar harakati uchun yopiladi.

"Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz",- deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101818 | Инструменты