Bolalar ombudsmani Kotibiyatiga "ishonch telefoni" orqali Toshkent shahrida yashovchi D.X. dan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda D.X. 2016-yilda tug‘ilgan nabirasi F.S. Shayxontohur tumani 167-sonli maktabda 1-sinfda ta’lim olishini, mazkur sinf rahbari, o‘qituvchi M.O. qizchani koyigani va unga jismoniy chora qo‘llab, pedagog axloq-odob qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etganligini bildirib, M.O. ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holatni har tomonlama o‘rgandi.
Shayxontohur tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi o‘rganishiga ko‘ra, holat o‘z tasdig‘ini topib, sinf rahbari M.O. bolaga nisbatan hech bir tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslik borasida ogohlantirildi va unga tegishli intizomiy chora qo‘llanildi.
Murojaatchi D.X. iltimosiga ko‘ra, nevarasi F.S. o‘qiyotgan 1 “A” sinfidan boshqa sinfga o‘tkazildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13023 | Инструменты