Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi 162-sonli maktab direktori ishga qayta tiklandi. Bu haqda MIB Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 12.07.2023-yildagi ijro varaqasiga asosan Kazakova Irina Mixaylovnani Yakkasaroy tumanidagi 162-sonli maktab direktori lavozimiga ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi davlat ijrochisi Sh.Isroilovning olib borgan ijro harakatlari natijasida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 07.08.2023-yildagi 300-sonli buyrug‘i bilan I.M.Kazakova avvalgi lavozimiga ishga tiklanishiga erishildi.
Shu bilan birga I.M.Kazakovaning haq huquqlari tiklanib, bo‘lim ish yurituvidagi ijro hujjati amalda tamomlanishi ta’minlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13104 | Инструменты