Huawei 1
Toshkentdagi pulli parkovkalar uchun qayta savdo o‘tkazilganiga izoh berildi

Toshkentda pulli avtoturargohlar tashkil etish huquqi uchun o‘tkazilgan birinchi auksionning asosiy va zaxira g‘olibi yer ijarasi bo‘yicha shartnoma imzolamagani sababli ularning g‘olibligi bekor qilindi va yangi auksion o‘tkazilishi belgilandi. Bu haqda E-auksion elektron platformasi ofisi xabar qildi, deya yozmoqda Gazeta.uz.

25-noyabr kuni o‘tkazilgan birinchi auksionda ikki kompaniya ishtirok etgan. Ular 2 soat 10 daqiqa davomida 22 ta taklif bergan. Natijada 86 ta yer uchastkasini o‘z ichiga olgan, umumiy uzunligi 111,6 km bo‘lgan lot uchun 120,15 mlrd so‘m taklif qilgan Balcomuz g‘olib bo‘lgan.

E-auksion'ning aniqlik kiritishicha, avvalgi g‘olib ijara shartnomasini belgilangan muddatda imzolamagan. Shu munosabat bilan g‘alaba bekor qilingan. 572 mln so‘m miqdoridagi omonat kuyib ketgan, Balcomuz kompaniyasi 12 oyga auksionlarda ishtirok etishdan chetlatilgan.

Shu bilan birga, tashkilot avvalgi auksionda zaxira g‘olibi aniqlangan, ammo u ham shartnoma imzolamaganini va uning omonati ham kuyib ketganini qayd etdi.

17-dekabr kuni E-auksion'da Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab pulli avtoturargohlarni tashkil etish huquqi uchun qayta savdo o‘tkazildi.

Kimoshdi savdosi 20 daqiqadan ozroq davom etdi va ikkita taklifdan so‘ng yakunlandi, garchi uchta ishtirokchi tenderda ishtirok etgan bo‘lsa ham. G‘olib Streetpark Systems kompaniyasi bo‘ldi, u boshlang‘ich narx (57,2 mlrd so‘m)dan 10 foiz ko‘proq, ya’ni 62,93 mlrd so‘m taklif qildi. Ammo bu summa Balcomuz va avvalgi savdolardagi ikkinchi ishtirokchi tomonidan taklif qilingan summadan deyarli ikki barobar kamroqni tashkil etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121915 | Инструменты