“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, Yashnobod tumanida joylashgan “A.O.” va “O.O.” MChJga qarashli 2 ta avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda Ai-80 va Ai-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Bu kabi holat Yangihayot tumanida “F.G.S.” MChJga qarashli AYOQShda ham aniqlandi. Unda neft mahsuloti sifatsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122619 | Инструменты