Toshkentdagi xalqaro konferensiyada lotin alifbosini isloh qilish masalasi ko‘tarildi

Anchadan beri muhokama bo‘lib kelayotgan lotin alifbosini isloh qilish bo‘yicha masala Toshkentda o‘tgan xalqaro konferensiyada yana bir bor ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida berilgan so‘nggi taklifga ko‘ra, alifbodagi O‘ harfi Õ ga, G‘ harfi Ğ ga, Ch esa S ga va Sh harfi esa Ş ga o‘zgarish ko‘zda tutilgandi.

O‘ va G‘ harfining o‘zgartirilishi alifbo islohotlarining eng muhim qismi hisoblanadi. Chunki bu harflarni yozishda murakkabliklar mavjud, ayniqsa kompyuter klaviaturasida birgina hafrni to‘g‘ri yozshining o‘zi bir necha protsesslarni o‘z ichiga oladi. Õ va Ğ harflarini joriy qilish orqali bu muammoni bartaraf etish mumkin. Ch va Sh harflari esa aslida o‘ va G‘ kabi muammolarni keltirib chiqarmasada, ulardan foydalanishda ham ayrim muammolar mavjud. Misol uchun mashhur, is‘hoq yoki as‘hob so‘zlarini yozishda ular Sh deb talaffuz qilinmasligi uchun qo‘shimcha apostraf qo‘yish talab qilinadi. 

Til bo‘yicha mutaxassis Nodir Jonuzoqning fikricha, O‘ va G‘ harflaridagi teskari apostrafni yozish juda murakkab, bu dastur va lo‘g‘atlarda qo‘shimcha noqulayliklar tug‘diradi. 

Shuhrat Sirojiddinov esa alifbo masalasining hal qilinmasligi ommaviy savodsizlik yuzaga kelishiga sababchi bo‘layotganini aytgan.

"Biz qachon to‘g‘ri yozishni o‘rganamiz? Qachonki, normal alifbo tasdiqlansa! To‘g‘ri yozish qoidalarini yaratmasdan turib, savodsizlikdan qutula olmaymiz", deydi u.

Filolog Zulxumor Xolmonova Ş va Ҫ harflari bir xil yozilishi kerak deb hisoblaydi. U Ch harfi uchun C belgisi ishlatilishiga qarshi. Mutaxassisning fikricha, Ş va Ҫ harflari bir xil qo‘shimchaga ega bo‘lishi kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42413 | Инструменты