Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Amir Temur shohko‘chasida “xorijiy ilg‘or tajriba” asosida sariq-oq yo‘l chiziqlari ko‘rinish bergan edi.
Bundan asosiy maqsad qayrilmoqchi bo‘lgan transport vositalari xavfsizligini taʼminlash ekanligi aytilgandi. Yo‘l bo‘laklari qisqarmasligi qo‘shimcha qilingan edi. Yo‘l chiziqlari yangisiga almashtirilgach barcha harakat xavfsizligini his qilish mumkinligi taʼkidlangan.
15-fevral kuni soat 20:15 larda aynan Amir Temur ko‘chasida 2005-yilda tug‘ilgan J.I. Spark avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan. Hodisa oqibatida piyoda shifoxonaga olib ketilib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Bunga qadar jamoatchilik vakillari ushbu chiziqlar xususida o‘z eʼtirozlarini bildirib kelayotgan edi. YTHdan so‘ng bu kabi fikrlar ko‘paydi.
IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining 18-fevral kuni bergan xabariga ko‘ra, “xalqaro tajriba” asosida chizilgan yo‘l chiziqlari o‘chirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22100 | Инструменты