Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

Toshkent shahrining ikki tumani: Mirobod va Olmazorning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminoti vaqtincha to‘xtatilishi maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida ertaga, 13-fevral kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Mirobod tumani: “Movarounnahr” va “Furqat” MFYlarning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Olmazor tumani: “Abu bakr Shoshiy” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘radi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты