Huawei 1
“Trastbank” jamoasi final yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Bugun, "Trastbank" futbol jamoasi O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va “UzCard” tomonidan tijorat banklari o‘rtasida o‘tkazilayotgan futbol musobaqalarining yarim final bosqichida "Orient Finans Bank" jamoasi vakillariga qarshi maydonga tushdi.

Hech mubolag'asiz aytish mumkinki, ikkala jamoa o'rtasida kechgan ushbu bahs murosasiz kechib, qizg'in kurashlarga boy bo'ldi. Asosiy daqiqalarda hisob durang bo'lgach, penaltilar seriyasida “Trastbank”  jamoasi vakillari 4:2 hisobida raqib jamoa vakillaridan ustun keldi.

19-oktabr kuni o’tkaziladigan final bosqichida jamoamiz a’zolari “Milliy bank” vakillariga qarshi to’p suradi.

G'alaba muborak bo'lsin! Olg'a, yigitlar! Finalda ham sevimli  jamoamizni birgalikda qo'llab-quvvatlaymiz!

Reklama huquqi asosida

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101404 | Инструменты