Ijtimoiy tarmoqlarda yigit tungi klubda qizlarning orqasiga shapaloq bilan urgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgandi.
Aniqlanishicha, video 2024 yil 25 dekabr kuni poytaxtning Chilonzor tumanida joylashgan tungi klubda reklama kampaniyasi doirasida suratga olingan.
Yangi yil shousiga hammani taklif qilib, qizlarning orqasidan shappatilagan yigitga nisbatan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma tuzildi. Sud unga besh sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinladi.
Yigit o‘z aybiga iqror bo‘lib, tungi klub rahbariyatidan hech qanday moddiy rag‘batlantirilmaganini maʼlum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10922 | Инструменты