Tuproqqal'a tumanida 20 000 dollar talab qilgan mas'ul shaxs yuzasidan rasmiy munosabat berildi
Internet saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Tuproqqala tuman bo'limi boshlig'i vazifasini bajaruvchi R.M tabdirkordan 20 ming AQSH dollari talab qilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Davergeodezkadastr qo'mitasi holat bo'yicha quyidagilarni ma'lum qiladi:
R.M 2020 yil 13 mayida Xorazm viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining Tuproqqala tumani bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlangan bo'lib, u bunga qadar 2019-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Xorazm viloyati Xazorasp tumani bo'limi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Xabarda keltirilgan 15 gektar yer maydoni R.Mning akasi B.Uga tegishli sun'iy baliq hovuzi bo'lgan. R.M ushbu yer maydonini “D” MCHJ nomiga o'tkazib berishni va'da qilib pul mablag'i so'raganligi audio yozuv bilan tasdiqlangan va Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Xorazm viloyat boshqarmalari tomonidan qo'lga olingan.
Bugungi kunda R.Mga nibatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo'llanilganligi ma'lum bo'ldi.
Aslida bu jarayonda yer maydonini ajratish qanday bo'lishi kerak edi?
B.U nomida bo'lgan 15 gektar sun'iy baliq hovuzi tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilishi va undan so'ng mazkur yer maydoni belgilangan tartibda tanlovga qo'yilib, tanlov g'olibiga tuman hokimining qarori bilan ajratilishi va O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 5-moddasi beshinchi xatboshisiga asosan “yuridik shaxslarga qishloq xo'jalik ehtiyojlari hamda boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish” viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlanishi lozim bo'lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42502 | Инструменты