Huawei 1
Turizm va sport vazirligi ikkita yangi vazirlikka bo‘lindi

Bugun, 18-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Turizm va sport vazirligi ikkita alohida vazirlikka bo‘linishi, shuningdek ularning rahbarlari e’lon qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi matbuot xizmati.

Shunday qilib, Turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimov nomzodi ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

O‘z navbatida, Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikromov Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Eslatib oʻtamiz, Turizm va sport vazirligi Prezidentning 2021-yil apreldagi qarori bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi negizida tashkil etilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111422 | Инструменты