Huawei 1
Turizmni rivojlantirish bo‘yicha 368 ta obyektda ishlar amalga oshirilishi belgilangani bilan hududlarda ishlar boshlanmagan - prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, ko‘p kvartirali uy-joy massivlarini barpo etish, ularni infratuzilma bilan ta’minlash va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig'ilishda prezident turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 368 ta obyektda ishlar amalga oshirilishi belgilangani bilan, hozirgacha Toshkent shahri, Navoiy, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridan boshqa hududlarda ishlar boshlanmagani haqida gapirdi.

"Dasturlarni amalga oshirishda qoloqliklar mavjud hududlarga Prezident Administrasiyasi, Hukumat, Hisob palatasi va vazirliklardan mas’ul rahbarlar yil yakuniga qadar biriktiriladi. Bunda:

 - Xudaybergenov – Qoraqalpog‘iston va Jizzaxga;
- Ramatov – Qashqadaryo va Samarqandga;
- Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.Islomov va Hisob palatasi raisining o‘rinbosari S.Saidkarimov – Toshkent viloyatiga;
- Prezident maslahatchisining o‘rinbosari A.Usmonov – Toshkent shahriga;
- Bobojonov – Xorazmga;
- Mamatov – Buxoroga;
- Parpiyev – Surxondaryoga;
- Qo‘ldoshev – Sirdaryoga borib, barcha masalalarni joyida hal etishga yordam beradi.

Joriy yilda ishga tushirilgan “Shaffof qurilish” tizimi orqali, pudratchilarni ochiq-oshkora tanlab olish natijasida, bir oyning o‘zida investisiya dasturlari doirasida 400 milliard so‘mdan ziyod mablag‘lar iqtisod qilindi”, dedi davlat rahbari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121920 | Инструменты