Huawei 1
Turkiya aeroportida oltin quymalarini noqonuniy olib o‘tishga uringan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi

Turkiyaning Izmir shahridagi aeroportda oltin quymalarini noqonuniy olib o‘tishga uringan 6 nafar o‘zbekistonlik ayol ushlandi. Bu haqda Turkiyaning IHA agentligi xabar berdi.

Kontrabandaga qarshi kurash boshqarmasi ayollarning oltin olib kirishga urinishi haqida oldindan maʼlumotga ega bo‘lgan. 2 oktyabr kuni aeroportdan chiqishda ular qo‘lga olingan. Shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak ham ushlangan.

Avtomobil va yo‘lovchilarni ko‘zdan kechirish chog‘ida har biri 110 grammlik 82 dona tilla quyma olib qo‘yilgan.

Qo‘shimcha tekshiruvdan so‘ng, ayollarning jinsiy aʼzolariga har biri 110 grammdan bo‘lgan yana 84 dona oltin quymalari tikilgani maʼlum bo‘lgan. Turkiya sudining qarori bilan jarrohlik aralashuvi amalga oshirilgan. 

Yo‘lovchilarning jinsiy aʼzolaridan umumiy og‘irligi 9 kg 240 gramm bo‘lgan barcha quymalar olib tashlangan. Shunday qilib, ularning har biri bir yarim kilogrammdan sal ko‘proq oltin olib yurgan.

Og‘irligi 18 kilogramm 500 gramm bo‘lgan 166 dona oltin quymalarining umumiy bozor qiymati 55 million turk lirasini (yoki 1,5 million dollar) tashkil etdi.

Ayol kuryerlar va ularni kutib olgan erkak Izmir sudi tomonidan hibsga olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100819 | Инструменты