2025-yil 30-yanvar holatiga ko‘ra, Turkiya hududida soxta spirtli ichimlikdan zaharlangan O‘zbekiston fuqarolari soni 23 nafarga yetdi. Ularning ikki nafari - ayol. Bu haqda O'zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, vafot etgan barcha fuqarolarning jasadlarini O‘zbekistonga olib ketish bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi va Migratsiya agentligi tomonidan tegishli konsullik, huquqiy va tashkiliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, ba’zi vatandoshlar davolanish kursini yakunlab, shifoxonadan chiqishgan, ayrimlari esa tibbiy muolajalarni davom ettirmoqda.
O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu masala bo‘yicha nazoratni davom ettirmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar holatiga aloqador ikki nafar Turkmaniston fuqarolari qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13101 | Инструменты