Huawei 1
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 10 nafarga yetdi

Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan o‘zbekistonliklar 10 nafarga yetganini ma’lum qildi.

15 yanvar kuni Bosh konsulxonaga 4 nafar fuqaroning (barchasi erkak kishi) soxta spirtli ichimlik iste’mol qilish natijasida vafot etgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan. 14 yanvar kuni 6 nafar fuqaro vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Bosh konsulxona diplomatlari ushbu holat yuzasidan Istanbul sog‘liqni saqlash, sud-tibbiy ekspertiza boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Shuningdek, konsulxona telefon raqamlari orqali kelib tushayotgan savollarga javob berilmoqda.

Bosh konsulxona barcha fuqarolarni spirtli ichimliklardan tiyilishga va ehtiyotkorlikka chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11613 | Инструменты