Uchtepa tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Farhod Ravshanovich Abdullayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Farhod Abdullayev “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ raisi etib tayinlandi. 

Qayd etish joizki, Prezident qarori bilan “Olmaliq KMK” AJ tarkibidagi “Nodir metallar va qattiq qotishmalar” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi negizida shu kombinat tashkil etilgan edi.

Uchtepa tumani hokimi vazifasini esa hokimning birinchi o‘rinbosari Jamshid Olimjonov vaqtincha bajarib turadi.

Ma’lumot uchun, Farhod Abdullayev 1978 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1999 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida qator korxonalar rahbari, xususan, 2011−2017 yillarda Sergeli tumanidagi "Toshkent rangli metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi" AJ bosh direktori, 2017−2018 yillarda "O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi" AJ bosh direktori lavozimida ishlagan. 2019 yildan to hozirgacha Farhod Abdullayev poytaxtning Uchtepa tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72405 | Инструменты