Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “UNIVERSAL SUG‘URTA” AJ umumiy sug‘urta sohasining 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16 va 17 klasslari bo‘yicha ixtiyoriy sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022-yil 7-iyuldagi 031932-sonli litsenziyasi 2-apreldan bekor qilindi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.
“UNIVERSAL SUG‘URTA” AJ ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20522 | Инструменты